1C-Rarus mutahasislari yangi «1C: O‘zbekiston uchun chakana savdo» 3.0 tahririga o‘tishga yordam beradi

22.01.2025

1C-Rarus mutahasislari yangi «1C: O‘zbekiston uchun chakana savdo» 3.0 tahririga o‘tishga yordam beradi

«1C» firmasi «1C: O‘zbekiston uchun chakana savdo» konfiguratsiyasining 3.0 tahririni chiqardi. Oldingi versiyani qo‘llab-quvvatlash 2025 yil 30 aprel kuni tugaydi. O‘zbekistondagi «1C‑Rarus» mutaxassislari yangi tahrirga o‘tishga va foydalanuvchilarni o‘qitishda yordam beradi.

«1C: O‘zbekiston uchun chakana savdo» yechimi alohida do‘konlar hamda butun chakana savdo tarmoqlari faoliyatini avtomatlashtirish imkonini beradi.

«1C‑Rarus» yangi «1C: O‘zbekiston uchun chakana savdo» 3.0 nashriga o‘tishni tavsiya qiladi, 2.3-nashrni 2025-yil 30-aprelda qo‘llab-quvvatlanishi to‘xtatiladi.

Yangi 3.0 tahririning afzalliklari

  • Chakana savdo: assortiment va ombordagi qoldiqlarni boshqarish osonlashtirildi, hisob-kitobning aniqligi va mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifati oshirildi, xodimlarni rag‘batlantirish tizimi joriy etildi.
  • Chegirmalar va sovg‘alar: sovg‘alarni hisobga olish va berish avtomatlashtirildi, bu esa aksiyalarni boshqarishni soddalashtiradi va mijozlarning sadoqatini oshiradi.
  • Ulgurji savdo: yuridik shaxslar bilan ishlash qulayligi oshdi: kontakt ma'lumotlarini saqlash, mijozlar bazasini teglar orqali boshqarish, komission savdo hisobini yuritish, yetkazib berishdagi tafovutlarni qayd etish, savdo tahlili va xodimlarni mukofotlash tizimi joriy etildi.
  • Mahsulotlar: qoldiqlarni partiyalar va seriyalar bo‘yicha yanada aniqroq hisobga olish imkoniyati yaratildi, shuningdek, hujjatlarni to'ldirishni avtomatlashtirish uchun qulay shablon sifatida mahsulot va xizmatlar to'plamidan foydalanish amalga oshirildi.
  • Narxlar: avtomatik qayta hisob-kitob qilinadigan dinamik narx turlari joriy etildi, qoldiqlarni tahlil qilish va narxlarni bitta hujjatda belgilash vositalari qo‘shildi, shtrix-kodlar bo‘yicha tezkor narx tanlash funksiyasi kiritildi.
  • Pul va moliya: yangi hisob-kitob operatsiyalari qo‘shildi, hisob-kitoblarning aniqroq tavsifi uchun funksionallik nomlari yangilandi, to‘lov taqvimi yaratildi.
  • Xodimlar: xodimlarning ish vaqtini kunlik hisobga olish tizimi joriy etildi, ish haqi hisob-kitob hujjatlariga qulay kirish imkoniyati ta’minlandi.
  • Hisobotlar: mahsulot tannarxi bo‘yicha yalpi foydani aniq hisoblash yo‘lga qo‘yildi, loyihalar va savdolar bo‘yicha yangi tahliliy hisobotlar qo‘shildi.

3.0 tahriridagi O‘zbekiston bozoriga moslashtirilgan funksiyalar:

  • INN bo‘yicha kontragentlar ma’lumotlarini va valyuta kurslarini maxsus xizmatlar orqali yuklash («1C: Qo‘llab-quvvatlash komplekti. O‘zbekiston» obunasi mavjud bo‘lsa).
  • «1C: Buxgalteriya O‘zbekiston uchun» dasturi bilan integratsiya.
  • Tovar-transport yuk xatini elektron shaklda EDO operatori orqali yuborish.
  • Savdo jarayonida markirovka qilingan mahsulotlarni hisobga olish va milliy mahsulot kuzatuv tizimi bilan integratsiya qilish, shuningdek, markirovka kodlarini onlayn tekshirish.

«1C: O‘zbekiston uchun chakana savdo» haqida batafsil ma’lumot olish

«1C‑Rarus» mutaxassislari 2.3 tahrirdan 3.0 tahririga o‘tishda kerakli yordam ko‘rsatadi

  • Ma’lumotnoma va qoldiqlarni yangi axborot bazasiga o‘tkazib berishadi.
  • Uskunalarni ulab sozlashadi.
  • Foydalanuvchilarni dasturning yangi interfeysi va funksionalligi bilan ishlashga o'rgatishadi.

O‘tish bo‘yicha batafsil ma’lumotni «1C‑Rarus»ning O‘zbekistondagi menejelaridan olishingiz mumkin.

Shuningdek, «1C: O‘zbekiston uchun kompaniya boshqaruvi» yechimining 3.0 versiyasi chiqarildi

Bu yechim «1C: O‘zbekiston uchun chakana savdo» imkoniyatlarini o‘z ichiga oladi va quyidagi qo‘shimcha modullarga ega: CRM tizimi, ishlab chiqarishni boshqarish, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlarni hisobga olish, kengaytirilgan moliyaviy tahlil.

«1C: O‘zbekiston uchun kompaniya boshqaruvi» 3.0 tahririga o‘tish haqida ma’lumotga ega bo’lish
Savol berish Savol berish

Savollaringiz bormi?

Telefon raqamingizni qoldiring, menejerlarimiz 10 daqiqa ichida siz bilan bog‘lanadi.

Maslahat kerakmi?

So'rov qoldiring va bizning mutaxassislarimiz barcha savollaringizga javob berishadi.

Декоративное изображение мобильный телефон