«1С:Kompaniyani boshqarish O‘zbekiston uchun» 3.0 tahririning yangi imkoniyatlari

01.03.2025

«1С:Kompaniyani boshqarish O‘zbekiston uchun» 3.0 tahririning yangi imkoniyatlari

«1C:Kompaniyani boshqarish O‘zbekiston uchun» konfiguratsiyasining yangi 3.0 tahririda savdo imkoniyatlari modernizatsiya qilindi va mintaqaviy biznes sharoitlariga mos ravishda takomillashtirishlar amalga oshirildi. «1C‑Rarus» kompaniyasi foydalanuvchilarga 2025‑yil 30‑aprelgacha yangi tahrirga o'tishni tavsiya qiladi.

«1C:Kompaniyani boshqarish O‘zbekiston uchun» — bu kichik va o‘rta biznes, ishlab chiqarish hamda xizmat ko‘rsatish kompaniyalari uchun mo‘ljallangan uzluksiz boshqaruv hisobi dasturidir.

Ushbu yechim «1C:Chakana savdo O‘zbekiston uchun» dasturidagi imkoniyatlarni o‘z ichiga olgan bo‘lib, qo‘shimcha ravishda quyidagi bloklar bilan boyitilgan: CRM tizimi, ishlab chiqarishni boshqarish, bajarilgan ishlar va xizmatlarni hisobga olish, kengaytirilgan moliyaviy tahlil.

«1C‑Rarus» kompaniyasi foydalanuvchilarga 2025-yil 30-aprelgacha 3.0 tahririga o'tishni tavsiya qiladi, chunki 1.6 tahririni qo‘llab-quvvatlash shu sanadan keyin to‘xtatiladi.

«1С:Kompaniyani boshqarish O‘zbekiston uchun» 3.0 tahririning asosiy afzalliklari

  • Yangi kassa ish joyi qo’shilgan. Bu «1C:Chakana savdo O‘zbekiston uchun» dasturidan «1C:Kompaniyani boshqarish O‘zbekiston uchun» dasturiga o‘tishda tanish interfeys va savdo imkoniyatlarini saqlab qolish imkonini beradi.
  • Chakana savdo tizimi sezilarli darajada yaxshilandi. Smena yopish bo‘yicha yordamchi qo‘shildi, hisobotlar kengaytirildi, individual bonus tizimlarini sozlash imkoniyati qo‘shildi, chegirmalarni avtomatlashtirish amalga oshirildi.
  • Mahsulot hisoboti yanada moslashuvchan bo‘ldi. Seriyalar va yaroqlilik muddati bo'yicha hisobga olish, mahsulotni qadoqlash yo'lga qo'yildi, mahsulot segmentlari joriy etildi, markali mahsulotlar bilan operatsiyalar ro‘yxati kengaytirildi.
  • Narx belgilash tizimi takomillashtirildi: Endi narxlarning statik va dinamik turlarini o‘rnatish, shtrix-kod skaneri yordamida yoki shtrix-kodni qo‘lda kiritish orqali nomenklaturani tanlash mumkin.
  • Do‘konlar va omborlar bilan ishlash soddalashtirildi: shaxsiy ish jadvalini sozlash mumkin, tovar to'plamlarini sotishdan oldin tayyorlash va sotish jarayonlari osonlashtirildi.
  • O'zbekistondagi biznes sharoitlariga mos keladigan muhim yaxshilanishlar amalga oshirildi. INN bo‘yicha kontragentlar ma’lumotlari va valyuta kurslarini yuklash mumkin (faqat «1C:Qo‘llab-quvvatlash kompleksi. O‘zbekiston» obunasi mavjud bo‘lsa). Elektron hujjat aylanish operatori orqali yuk hujjatlarini yuborish hamda mahsulot izchilligini ta’minlash milliy tizimi va «1C: Buxgalteriya O‘zbekiston uchun» bilan integratsiya amalga oshirildi.

«1C:Kompaniyani boshqarish O‘zbekiston uchun» dasturi haqida batafsil ma’lumotni olish

3.0 tahririga o‘tish faqat 1.6.31.1 yoki undan yuqori versiyadan amalga oshiriladi. Yangilanishda barcha to‘plangan ma’lumotlar saqlanib qolinadi.

«1C‑Rarus» O‘zbekiston ofisidagi menejerlar bilan bog‘lanib, o‘tish jarayoni haqida batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

«1C:Chakana savdo O‘zbekiston uchun» dasturining ham 3.0 tahriri chiqarildi

3.0 tahrirlarini chiqarishning asosiy maqsadi «O‘zbekiston uchun chakana savdo» va «O‘zbekiston uchun kompaniya boshqaruvi» dasturlarini yagona arxitektura va dasturiy kodga keltirish, hamda foydalanuvchi interfeyslarini soddalashtirishdan iborat.

Bu foydalanuvchilarga quyidagi afzalliklarni beradi:

  • amaliy yechimlarni o'rganishni soddalashtiradi;
  • konfiguratsiyani qo'llab-quvvatlash samaradorligini oshiradi;
  • foydalanuvchilarning dasturga texnik xizmat ko'rsatish xarajatlarini kamaytirish;
  • yangi funksiyalarni qo’shish uchun ketadigan vaqtni qisqartiradi;
  • biznesni rivojlantirishda bir dasturdan ikkinchi dasturga o'tishni soddalashtiradi.
«1C:Chakana savdo» 3.0 ga o‘tish haqida batafsil ma’lumot olish.
Декоративное изображение Декоративное изображение

Savollaringiz bormi?

Telefon raqamingizni qoldiring, menejerlarimiz 10 daqiqa ichida siz bilan bog‘lanadi.

Maslahat kerakmi?

So'rov qoldiring va bizning mutaxassislarimiz barcha savollaringizga javob berishadi.

Декоративное изображение мобильный телефон